Huawei 1
Isroil olti kunlik tanaffusdan so‘ng Bayrutga zarba berishni davom ettirdi

Isroil mudofaa kuchlari (TsAHAL) Livan "Hizbulloh" harakatining Bayrut chekkasida joylashgan yer osti omboriga zarba berilganini e’lon qildi. Avvalroq TsAHAL Bayrutga hujumlar haqida 10-oktabr kuni e’lon qilgan edi.

“Bir muddat avval Isroil havo kuchlari "Hizbulloh" terror tashkilotiga tegishli strategik qurollar saqlanadigan omborga hujum qildi. U Bayrutdagi Hizbullohning asosiy tayanchi bo‘lgan Dahiya tumanida joylashgan”, — deyiladi Isroil armiyasining Telegram’dagi sahifasida.

TsAHAL'ning taʼkidlashicha, Isroil armiyasi Livandagi 140 ta nishonga zarba bergan. Bularga qurol omborlari, ishga tushirish moslamalari va boshqa “terrorchilik infratuzilmasi” kiradi.

Shu bilan birga, "Hizbulloh" Isroil shimoliga to‘rtta raketa hujumini e’lon qildi, deb xabar bermoqda Al Jazeera. Harakatga ko‘ra, Isroil artilleriya pozitsiyalariga hujum qilingan. TsAHAL'ning xabar berishicha, Livandan 50 ta snaryad otilgan.

Eslatib o'tamiz, 23 sentabr kuni Isroil Livanda “Shimolning o‘qlari” operatsiyasi boshlanganini e’lon qildi. 1 oktabr kuni TsAHAL mamlakat janubida hujum operatsiyasini boshladi. Amaliyotdan maqsad evakuatsiya qilingan 60 ming isroillikning shimoldagi chegara aholi punktlariga xavfsiz qaytishi uchun "Hizbulloh" tahdidini bartaraf etishdir.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101615 | Инструменты