Huawei 1
Yevropa komissari: Yevropa ittifoqi Rossiya gazisiz ham yashay oladi

Yevropa ittifoqining energetika bo‘yicha komissari Kadri Simons Ukraina orqali yetkazib beriladigan Rossiya gazini yanvar oyida shartnoma tugagandan so‘ng almashtirish mumkinligini aytdi. Bu haqda Deutsche Welle xabar berdi.

Kadri Simons 15-oktyabr kuni Lyuksemburgda YeI mamlakatlari energetika vazirlari bilan uchrashuv yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida gapirdi.

Men vazirlarga Rossiya va “Naftogaz” o‘rtasidagi shartnomani tugatishga tayyor ekanimizni tasdiqladim. 14 milliard kub metr Rossiya gazini almashtirish imkoniyatlari mavjud, dedi u.

Simonsning ta’kidlashicha, Rossiya gazidan foydalanishni davom ettirishning “hech qanday asosi yo‘q”.

Yevropa ittifoqi Rossiya gazisiz ham yashay oladi... Men aniq aytib o‘tmoqchimanki, bu zarurat emas, balki xavfli siyosiy tanlovdir, deya qo‘shimcha qildi u.

Rossiya gazini Ukraina orqali Yevropaga yetkazish dekabrda tugaydi

Rossiyaning Ukrainaga qarshi davom etayotgan urushiga qaramay, Rossiyaning “Gazprom” va Ukrainaning “Naftogaz” kompaniyasi o‘rtasida 5 yil oldin tuzilgan shartnoma shartlariga ko‘ra, Rossiyadan gaz Kiyev nazorati ostidagi hududlar orqali Yevropaga yetkazib berilishda davom etmoqda. Shartnomaning amal qilish muddati 2024-yil dekabr oyida tugaydi.

Iyul oyida Germaniyaning Handelsblatt iqtisodiy gazetasi bir nechta Yevropa davlatlari Ukraina orqali Rossiya gazini Yevropa Ittifoqiga yetkazib berishni davom ettirish ustida ishlayotganini yozgandi. Biroq 30-avgust kuni Vladimir Zelenskiy ofisi rahbari maslahatchisi Mixail Podolyak Kiyev 2025-yil 1-yanvardan boshlab Rossiyadan Yevropaga gaz yetkazib berishni to‘xtatmoqchi ekanini aytdi.

Biroz vaqt o‘tgach, Kadri Simon YI urush paytida Rossiya gaziga qaramligini jiddiy ravishda kamaytirganini va undan butunlay voz kechishga tayyorligini aytdi.

Biz hali ham Rossiya gazini bosqichma-bosqich rad etishni yakunlash tarafdorimiz, buni Yevropaga yetkazib berishning energiya xavfsizligiga tahdid solmasdan amalga oshirish mumkin, degan u.

U birinchi qadam sifatida Ukraina orqali gaz tranziti to‘g‘risidagi bitimning bekor qilinishini aytgandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101615 | Инструменты