Osiyo kubogi-2023 finalida mezbon va amaldagi chempion Qatar turnir kashfiyotiga aylangan Iordaniyaga qarshi maydonga tushdi.
«Lusail» stadionida turnir finallaridagi muxlislar tashrifi rekordi – 86 492 tomoshabin qarshisida o‘tgan hal qiluvchi bahsda xitoylik hakam tomonidan belgilangan uchta penalti bosh sovrin taqdirini hal qildi.
Final bilan birga turnir qahramoniga aylangan Akrom Afif 22, 73 va 90+5-daqiqada penaltilardan uch marta foydalanib, Qatarga turnirdagi ketma-ket ikkinchi chempionlikni keltirdi – 3:1.
Shu bilan birga Afif het-trigi evaziga to‘purarlar ro‘yxatida Aymanni (6ta gol) ortda qoldirib, 8ta gol bilan musobaqaning eng yaxshi goleadoriga aylandi.
Qayd etish joiz, Qatar bu turnirda faqatgina O‘zbekiston milliy jamoasini chorakfinal o‘yinida mag‘lub eta olmadi va penaltilar seriyasidagi g‘alaba evaziga yarimfinalga chiqqandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 120415 | Инструменты