Serbiyada O‘zbekiston Prezidentining tashrifi sharafiga rasmiy qabul marosimi bo‘lib o‘tdi

Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga Belgrad shahrida tashrif munosabati bilan tashkil etilgan rasmiy qabul marosimida ishtirok etdi.

Oliy martabali mehmonlarni Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchich, Birinchi xonimi Tamara Vuchich, Xalq majlisi Raisi Ana Brnabich, Bosh vazir Juro Matsut va boshqa rasmiy shaxslar qutladilar.

Tadbirda O‘zbekiston Prezidentining Serbiyaga ilk rasmiy tashrifining tarixiy ahamiyati, ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlash uchun yangi imkoniyatlar ochayotgani alohida ta’kidlandi.

O‘zbekiston va Serbiya xalqlari o‘rtasidagi aloqalar an’anaviy do‘stona ruhda rivojlanayotganiga alohida e’tibor qaratildi.

O‘zbekiston delegatsiyasining tashrifi sharafiga “Kula Belgrad” osmono‘par binosi O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i ranglarida yoritildi.


Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 90912 | Инструменты