Ushbu elektropoyezd tarkibi 5 ta vagondan iborat bo‘lib, jami 415 ta ekonom klass o‘rindig‘i mavjud
"O'zbekiston temir yo'llari" matbuot xizmati Xiva-Buxor-Xiva yo‘nalishida qulay va zamonaviy sharoitdagi tezyurar elektropoyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yilganini ma'lum qildi. Ushbu elektropoyezd tarkibi 5 ta vagondan iborat bo‘lib, jami 415 ta ekonom klass o‘rindig‘i mavjud.

Joriy yil 9-sentabrdan Xiva — Buxoro-1 yo'nalishdagi poyezd seshanba kunidan tashqari haftaning barcha kunlari harakatlanadi. Soat: Xiva 09:55 — Buxoro 14:32.
Shuningdek, Buxoro-1—Xiva elektropoyezdi dushanba kunidan tashqari haftaning barcha kunlari harakatlanadi. Soat: Buxoro 15:45 — Xiva 20:25
Undan tashqari, elektropoyezd Buxoro-1 — Toshkent — Buxoro-1 yo'nalishida 14-sentabrdan boshlab har dushanba kuni qatnaydi. Soat: Buxoro 15:17 — Toshkent 21:22
15-sentabrdan boshlab Toshkent — Buxoro-1 elektropoyezdi har seshanba kuni qatnaydi. Soat: Toshkent 10:05 — Buxoro 15:17
Yangi elektropoyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yilishi munosabati bilan quyidagi yo‘lovchi poyezdlarining harakat jadvaliga ham o‘zgartirishlar kiritiladi:
• 56-sonli Toshkent janubiy — Xiva — 8-sentabrdan;
• 58-sonli Toshkent janubiy — Shovot — 10-sentabrdan;
• 127/128-sonli Andijon — Qo‘ng‘irot — 8-sentabrdan;
• 301-sonli Dushanbe — Toshkent — 15-sentabrdan;
• 6412-sonli Toshkent janubiy — Xovos — 15-sentabrdan, har seshanba kuni;
• 6353-sonli Urganch — Nukus — 9-sentabrdan.
Avvalroq yo'lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida "Parkent – Toshkent – Parkent" yo‘nalishida shaharlararo elektropoyezd qatnovi yo'lga qo'yilganihaqida yozgandik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 90915 | Инструменты