Huawei 1
O'zbekiston Kubogi mezbonligi uchun 6 ta shahar da'vogarlik qiladi

O‘zbekiston Professional futbol ligasi so‘nggi ikki mavsumdan buyon O‘zbekiston Kubogining final uchrashuviga mezbonlik qiluvchi stadion nomiga qur’a yordamida aniqlik kiritib kelmoqda. Shunga ko‘ra 2020-yilgi kubok finaliga Namangan mezbonlik qilgan bo‘lsa, 2021-yilda bu vazifa Samarqand shahri chekiga tushgandi.

Final ketma-ket ikki bor bitta shaharda o‘tmasligini ta’minlash maqsadida bu yilgi qur’ada Samarqand shahri ishtirok etmaydi. 2022-yilgi O‘zbekiston Kubogining final uchrashuviga 6 ta shaharning 8 ta stadioni da’vogarlik qiladi.

Final mezbonini aniqlashda dastlab Toshkentning uch stadioni — “Paxtakor”, “Bunyodkor” va “Lokomotiv” savatchalarga tashlab olinadi. Mazkur uch stadiondan biri qur’aning ikkinchi bosqichida Toshkent shahri nomidan ishtirok etadi. Barcha shaharlarda imkoniyat teng bo‘lishi va bunda poytaxtning imkoniyati qolganlarnikidan yuqori bo‘lmasligi uchun shunday qarorga kelingan.

Qur’aning ikkinchi bosqichida 6 ta shahar savatchaga tashlanadi: vodiyning Namangan, Farg‘ona, Yaypan shaharlari, poytaxt Toshkent, shuningdek vohaning Qarshi hamda Buxoro shaharlari. Ayni vaqtda Namangan, Toshkent, Yaypan va Qarshidagi stadionlar final talablariga javob berishi oydinlashgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 90410 | Инструменты