Huawei 1
Portugaliya terma jamoasining navbatdagi bosh murabbiyi kim bo'lishi ma'lum qilindi

Portugaliya futbol federatsiyasi mamlakat terma jamoasiga bosh murabbiy tayinlash masalasida aniq qarorga kelindi.

Britaniyaning “The Athletic” nashri xabariga koʻra, Portugaliya futbol federatsiyasi yangi bosh murabbiy sifatida Roberto Martinesni taklif etgan. Ispaniyalik 49 yoshli murabbiy bilan ogʻzaki kelishuvga erishilgan, tomonlar tez orada shartnomani rasmiylashtirishi kutilmoqda.

Martines JCH-2022’dan keyin Belgiya terma jamoasidan isteʼfoga chiqqan edi. U 2016-yildan buyon belgiyaliklar bilan ishlayotgan edi.

Eslatib oʻtamiz, Portugaliya JCH-2022’ni chorak finalda tark etgach, bosh murabbiy Fernandu Santush isteʼfoga chiqarilgan edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101614 | Инструменты