Portugaliyalik mutaxassis Pedro Moreyra Toshkentning "Paxtakor" klubida yangi bosh murabbiy sifatida ish boshladi. Bu haqda klubning keyingi rejalari bo‘yicha matbuot anjumanida ma’lum qilindi.
Yangi bosh murabbiy bilan 1+1 sxemasida shartnoma imzolangan. Unga 4 nafar hamyurti assistentlik qiladi.
Anjumanda ishtirok etgan klub raisi Jahongir Ortiqxo‘jayev so‘nggi mavsumlarda jamoaga ustozlik qilib kelgan Maksim Shatskixga endi klub raisi maslahatchisi sifatida ishlashda davom etishini ma’lum qilgan.
«Shatskix klubdan ketgani yo‘q. Qatorasiga ikkita chempionlik uchun unga rahmat aytamiz. Bu mavsumda chempionlik maqsadi qo‘ymagandik. U direktorlar kengashida menga maslahatchi bo‘lib qoladi.
Yangi murabbiy bilan esa 1+1 ko‘rinishida shartnoma tuzdik va chempionlik vazifasini qo‘ydik», degan u.
Shuningdek, Jahongir Ortiqxo‘jayevning aytishicha, kelgusi yil bahordan Paxtakor stadioni rekonstruksiyasi boshlanadi. FIFA standartlariga mos bo‘ladi.
Pedro Moreyra "klubning loyihasi unga ma’qul kelganini ta’kidlab, jamoaga yangi uslub va g‘oyalar olib kirmoqchi ekanini ta’kidlagan. "Albatta, chempionlik uchun kurashamiz", degan u.
Ma’lumot uchun, Pedro Moreyra o‘z vaqtida "Roma" va "Shaxtyor" klublarida Paulu Fonsekaga assistentlik qilgan, "Sporting" yoshlar jamoasini ham boshqargan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 120423 | Инструменты