Fransiyaning PSJ klubi “Lans”da to‘p tepayotgan o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanovga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda “Footmercato” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, hozirda 20 yoshli futbolchining transferi bo‘yicha PSJ sport direktori Luish Kampush muzokara o‘tkazmoqda. Shaxsan Kampushning o‘zi o‘zbekistonlik to‘p ustasini Parij klubi safida ko‘rmoqchi.
Bungacha Husanovga Angliyaning bir qator klublari, jumladan “Chelsi”, “Nyukasl” va “Arsenal” kabi jamoalardan qiziqish bo‘lgandi. PSJ esa Husanov transferi bo‘yicha jiddiy ishga kirishganga o‘xshaydi.
Ma’lumot uchun, Husanov joriy mavsum klub safida 12 ta o‘yinda maydonga tushdi. Uning transfer narxi 5 million yevroni tashkil etadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 120301 | Инструменты