PSJ bosh murabbiyi: “Mbappe — birinchi, Neymar esa ikkinchi. Bizda kim penalti tepishi aniq belgilangan”
Fransiyaning PSJ klubi bosh murabbiyi Kristof Galtye kecha, 28-avgust kuni bo'lib o'tgan “Monako”ga qarshi oʻyinda penaltini Neymar amalga oshirgani haqida gapirdi.
“Sistema aniq belgilangan: Mbappe — birinchi, Neymar — ikkinchi. Ammo bu oʻyinda vaziyat shunday boʻldi. Men ular oʻzgarganini koʻrdim va Neymar buni Kilian bilan oldindan muhokama qilib oldi. Mbappe va Neymarning oʻzaro munosabatini qadrlayman. Kilian uni tabrikladi, Neymar esa unga minnatdorchilik bildirdi. Ular — ajoyib oʻyinchilar va oʻzlarining his-tuygʻulariga qarab qaror qabul qilishlari mumkin. Eng muhimi, Neymar Mbappega rahmat aytdi, Kilian esa uni tabriklagani keldi”, — deydi Galtye.
Ma'lumot uchun, Fransiya chempionati 4-turi bahsida parijliklar 0:1 hisobida yutqazayotganda, 70-daqiqada penalti tepish huquqini qoʻlga kiritishdi. Neymar esa ushbu vaziyatdan gol urib, uchrashuvning 1:1 hisobida yakunlanishiga sababchi bo'ldi.
Avvalroq, Mbappe PSJda bu mavsum jamoaning asosiy penalti tepuvchisi deb e'lon qilingani haqida xabar bergan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 81719 | Инструменты