Huawei 1
Puch: “Butun jamoa Los-Anjelesda ekanligida, Barselonada yolgʻiz mashq qilish juda ogʻriqli edi”

Ispaniyaning “Barselona” klubi sobiq futbolchisi Riki Puch Kataloniya klubini tark etganidan xafa ekanligini aytdi. Joriy yilning avgust oyi boshida yarim himoyachi AQShning “LA Gelaksi” klubiga oʻtgan edi.

“Bu juda ogʻir oy boʻldi, chunki men hech qachon tarkibdagi oʻyinchi “Barselona” bazasida oʻzi qolganini va jamoa usiz yigʻinga ketganini koʻrmaganman. Klubdagi vaziyatni tushunaman, lekin ular qandaydir ishlar orqali futbolchilarni ketishlari uchun bosim oʻtkazishlari... buni boshqa yoʻllar bilan ham qilish mumkin edi, masalan, shunchaki borini yuzimga aytib.

Qolganlar Los-Anjelesda ekanligida, Barselonada yolgʻiz mashq qilish juda ogʻriqli edi. Oʻzimni butunlay tushkun holatda his qildim — ayniqsa, klubda 7 yilni oʻtkazganimdan soʻng va murabbiy ham bu yerda uzoq vaqt faoliyat yuritganini hisobga olsak”, — deydi Riki Puch.

Avvalroq, “Barselona” o'z himoyachisini “Borussiya Dortmund” a'zosiga almashtirmoqchi ekanligi haqida xabar bergan edik.

Izohlar: 2
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51122 | Инструменты