Huawei 1
Qatardan alamli mag‘lubiyatga uchragan O‘zbekiston milliy jamoasi futbolchilarining o‘yini qanday baholandi?

Futbol bo‘yicha 2026-yilda o‘tkaziladigan Jahon chempionatining Osiyo mintaqasi 3-saralash bosqichi 5-tur doirasida O‘zbekiston milliy jamoasi safarda Qatar jamoasiga qarshi maydonga tushib 2:3 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

Avvaliga 2 to‘p farqi bilan ortda borayotgan o‘zbekistonliklar 2-bo‘limdagi faollik evaziga hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi. Ammo hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda o‘tkazib yuborilgan gol sabab, yakunda mezbonlar 3 ochkoga egalik qiladigan bo‘ldi.

Sofascore ushbu bahsda o‘zbekistonliklar o‘yini uchun baholarni e’lon qildi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasida ikkita golga mualliflik qilgan Abbosbek Fayzullayev 8,7 ballga loyiq ko‘rilgan. Zaxiradan tushib o‘yinni kuchaytira olgan va ikkinchi golga hammualliflik qilgan Jaloliddin Masharipov 8 ballga munosib ko‘rilgan. O‘ng qanotdan hujumlar uyushtirishda faol ishtirok etgan va birinchi gol uchun ajoyib uzatmani amalga oshirgan Hojiakbar Alijonov 7,8 ball olgan.

Mehmonlar safida zaxiradan maydonga qo‘shilgan himoyachi Rustam Ashurmatov eng past — 6,3 ball olgan. Jarohat sabab maydonni erta tark etgan Eldor Shomurodov 6,4 ballga munosib ko‘rilgan. Abdulla Abdullayev ham ushbu o‘yinda o‘zining yaxshi xislatlarini namoyish eta olmadi — 6,5 ball.

Qatar safida urilgan ikki golga hammualliflik qilgan Akram Afif o‘yinning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi. U Sofascore tomonidan 8,9 ballga loyiq ko‘rilgan. Dubl qayd etgan Almoez Ali 7,8 ball bilan baholangan. Xuddi shuncha ballga g‘alaba goli muallifi Lukas Mendes, himoyachilar va darvozabon loyiq ko‘rilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111513 | Инструменты