Joriy yilning oktyabr oyida O‘zbekistonda vafot etgan rossiyalik jurnalist Inessa Papernayaning qonida gemoglobin va uglerod oksidi birikmasi izlari topilgan. Bu haqda RIA Novosti O‘zbekiston Bosh prokuraturasiga tayanib xabar bermoqda.
Agentlik, shuningdek, ayni paytda, mazkur holat yuzasidan sud-tibbiy ekspertiza ishlari davom etayotganini ta’kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, 2024-yil 20-oktyabr kuni Mirobod tumanida joylashgan mehmonxonada rossiyalik ikki fuqaro hamda mehmonxonaning boshqa xonasidan o‘zbekistonlik bir nafar fuqaroning jonsiz tanasi topilgan edi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 111514 | Инструменты