O‘zLiDeP fraksiyasi yig‘ilishida muhokama qilingan qonun loyihasiga ko‘ra, Ma‘muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga avtomototransport vositasini vaqtincha olib qo‘yish jazo chorasini kiritish taklif etilmoqda.
Ayrim qoidabuzarliklarni sodir etgan shaxslarning transport vositalari sud qarori bilan 6 oydan 1 yilgacha jarima maydonchasiga joylashtirilishi mumkin.
Tezlikni me‘yordan 80 km/soatdan ortiq oshirganlik uchun transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilish va 26,8 mln so‘mgacha jarima qo‘llash taklif etilmoqda.
Bolalarga transport boshqaruvini berish og‘ir oqibatlarga olib kelgan hollarda esa jinoiy javobgarlik belgilanishi ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, poygalarni faqat maxsus ajratilgan hududlarda sport tadbiri sifatida o‘tkazishga ruxsat berilishi mumkin.
Alpha version: 0.9.1.19 build 80319 | Инструменты