Rossiya mehnat migrantlari uchun yangi talablarni joriy etadi

Rossiya mehnat migrantlari uchun yangi talablarni joriy etadi. Unga ko‘ra, migrantlar o‘zlari va qaramog‘idagi oila a’zolarini yashash minimumi darajasida ta’minlashi shart bo‘ladi.

Talab bajarilmasa, xorijiy fuqaroning patenti yoki ishlash ruxsatnomasi uzaytirilmaydi va u voyaga yetmagan farzandlari bilan Rossiyani tark etishi kerak bo‘ladi.

Shuningdek, 18 yoshga to‘lgan migrantlar farzandlari mamlakatda qolish uchun qonuniy asosni mustaqil rasmiylashtirishi yoki mehnat patenti olishi lozim. 


Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 80316 | Инструменты