Rasman: Vadim Abramov Superliga klubiga bosh murabbiy etib tayinlandi
Bugun, 9 avgust kuni Superligada ishtirok etuvchi Samarqandning “Dinamo” klubida rahbariyat va jamoa aʼzolari ishtirokida yigʻilish oʻtkazildi va unda hozirgi bosh murabbiy Andrey Shipilov iste'foga chiqarilgani rasman e'lon qilindi.
“Majlisda jamoaning Superligadagi qoniqarsiz natijalari sababli Andrey Shipilov oʻz arizasiga binoan klub bilan doʻstona xayrlashgani maʼlum qilindi. Klub rahbariyati va homiylari yangi bosh murabbiy sifatida taniqli mutaxassis, Oʻzbekiston milliy jamoasi sobiq ustozi Vadim Abramov taklif etilganini eʼlon qilib, futbolchilarga rasman tanishtirildi”, — deyiladi klub matbuot xizmati xabarida.
Maʼlumot uchun, 59 yoshli mutaxassis hozirga qadar “Lokomotiv”, “Neftchi” va “Bunyodkor” klublari, shuningdek, Oʻzbekiston olimpiya va milliy terma jamoalarida faoliyat yuritgan. Vadim Karlenovich 2019-21 yillar davomida Oʻzbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritgan. U so'nggi bor JCh-2022 saralashi doirasidagi Saudiyaga qarshi mag'lubiyatdan so'ng iste'foga chiqarilgan edi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122305 | Инструменты