Yevropa ligasida 1/8 finalning bir qator javob o‘yinlari yakuniga yetdi.
«Roma» «Atletik»ka yutqazib, musobaqani tark etdi. Hummelsning 11-daqiqada chetlatilishi o‘yinda katta burilish yasadi. Eldor Shomurodov 61-daqiqada zaxiradan tushirildi.
Rimning boshqa bir jamoasi — «Latsio» «Viktoriya Plzen»ni ikki o‘yin natijasiga ko‘ra mag‘lub etdi. «Ayntraxt» «Ayaks»ni ikkinchi o‘yinda ham yengdi. «Olimpiakos»ni musobaqadan chiqarib yuborgan «Budyo-Glimt» turnirdagi yurishini davom ettiradi.
Yevropa Ligasi. 1/8 final.
Javob o‘yinlari. 13-mart
Atletik – Roma 3:1. Birinchi o‘yin — 1:2.
Gollar: N.Uilyams (45+3, 82), Berchiche (68) — Paredes (90+2, penalti).
Latsio – Viktoriya Plzen 1:1. Birinchi o‘yin — 2:1.
Gollar: Romanioli (77) — Shuls (52).
Ayntraxt – Ayaks 4:1. Birinchi o‘yin — 2:1.
Gollar: Bahoya (7), Gyotse (25, 82), Ekitik (67) — Teylor (78).
Olimpiakos – Budyo-Glimt 2:1. Birinchi o‘yin — 0:3.
Gollar: Yaremchuk (53, 65) — Hog (36).
Alpha version: 0.9.1.19 build 31418 | Инструменты