Ronaldu “Al-Nasr”ga o‘tsa, JCh-2030’ning rasmiy elchisiga ham aylanadi
Portugaliyalik futbol yulduzi Krishtianu Ronaldu “Al-Nasr”ga oʻtishga yaqin turibdi.
“Marca” xabariga koʻra, saudiyaliklar yaqin soatlar ichida futbolchiga rasmiy taklif bilan chiqishlari mumkin. Shu bilan birga, portugaliyalik 2030-yilgacha moʻljallangan bitimga imzo chekishi mumkin – 2,5 yil davomida u “Al Nassr”da oʻynaydi, qolgan vaqtlarda esa Saudiya Arabistoni, Gretsiya va Misrning JCH-2030 uchun topshirilgan qoʻshma arizasi boʻyicha elchi vazifasini bajaradi.
Ma’lumot uchun, Ronaldu “Al-Nasr”da 2,5 yil ichida 200 million yevro ishlab oladi. Uning 2030-yilgi Jahon chempionati uchun elchi sifatidagi daromadi yanada yuqori boʻladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 22211 | Инструменты