Huawei 1
Ronaldu nega murabbiy bo‘la olmasligini aytdi

Portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu futbolchilik faoliyatini tugatgach murabbiy bo‘lishni rejalashtirmayotganini ma’lum qildi. 

“Murabbiy bo‘lishim qiyin bo‘ladi, sababi hozir yetishib kelayotgan avlodda ishtiyoq yo‘qdek. Busiz futbolda qiyin. Ular bizning tajribamizdan saboq olishmaydi, hamma narsani o‘zim bilaman, deb o‘ylaydi. Ular qo‘lidagi telefonlar, Tiktok, Instagram yaxshiroq o‘rgatadi deb o‘ylaydi.

Faoliyatimni yakunlagach, boshqa tashvishlar bilan band bo‘laman. Hayotimning boshqa qismi – biznes, bu meni ilhomlantiradi. Ha, bu oson bo‘lmaydi, ammo bilmagan sohani o‘rganaman. Fikrimcha, hammasi yaxshi bo‘ladi”, dedi Ronaldu Rio Ferdinand bilan suhbatda.

Avvalroq 39 yoshli portugaliyalik hujumchi yana 3—4 yil to‘p surishni rejalashtirayotgani haqida gapirgandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91817 | Инструменты