Huawei 1
Ronaldu Osiyo jamoasi safiga o'tib, dunyo futboli tarixidagi eng yirik bitimga imzo chekish arafasida

Qatardagi Jahon chempionatida erkin agent sifatida ishtirok etayotgan Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni klubiga qoʻshilishga yaqin turibdi.

Xabarlarga ko'ra, portugaliyalik yulduz Saudiya Arabistonining “Al-Nassr” klubidan tushayotgan taklifni qabul qilish arafasida. Agar 37 yoshli forvard ushbu bitimga imzo cheksa, yiliga qariyb 172,9 mln yevro ishlab topishi mumkin boʻladi. Ahamiyatlisi, bu futbol tarixidagi eng yirik kelishuvga aylanadi.

Ronaldu joriy yil yozida ushbu klubning qiziqishiga rad javobini bergan edi. Sababi, u Chempionlar Ligasida ishtirok etadigan biror top-klub safiga borib qoʻshilmoqchi edi.

Ta’kidlanishicha, Ronalduning yangi bitimi 2,5 yilga tuzilishadi. Yevropa va MLSʻning biror klubi bunday yirik bitim taklif qila olmaydi.

Maʼlumot uchun, “Al Nassr”da Oʻzbekiston terma jamoasi yetakchisi Jaloliddin Masharipov ham toʻp tepadi.

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 120406 | Инструменты