Huawei 1
Ronalduning sobiq tansoqchisi futbolchidan qancha maosh olganini aytdi

Portugaliyalik futbol yulduzi Krishtianu Ronalduning sobiq tansoqchisi Xichman Buxari sportchini qo‘riqlagan vaqtida qancha daromad olganini ochiqladi. Bu haqda u “Telecinco” telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Buxarining so‘zlariga ko‘ra, u kuniga 1000 yevro olgan. Umuman olganda, u Ronalduni qo‘riqlash orqali taxminan 1,5 million yevro ishlab topgan. Marokashlik Buxari 5 karra “Oltin to‘p” sovrindori xavfli mijoz bo‘lmaganini aytgan.

“Bizning ishimiz mijozning profiliga bog‘liq. Men to‘rt yil ishlagan Krishtianuning holatida, uning profili yuqori xavfli emas edi, chunki odamlar uni o‘ldirishga urinmagan va unga o‘lim tahdid solmagan. Unga muxlislar yoki uni talamoqchi bo‘lgan odamlar tomonidan tahdidlar bo‘lgan. Ba’zi ahmoqona voqealar paparatssilar yoki telba muxlislar bilan yuz bergan, lekin jiddiy narsa bo‘lmagan. U men ishlagan eng yaxshi rahbar”, deydi Buxari.

Ma’lumot uchun, 40 yoshli Krishtianu Ronaldu ayni damda Saudiya Arabistoning “Al-Nasr” klubida to‘p surmoqda. U faoliyati davomida 938 ta gol urib, futbol tarixidagi eng yaxshi to‘purar bo‘lib turibdi. Shuningdek, “Forbes” ma’lumotlariga ko‘ra, ayni damda Ronaldu Saudiya klubidan yiliga 200 mln yevro maosh oladi, yana taxminan 65 million dollar unga maydondan tashqaridagi faoliyatidan kelib tushadi. Portugaliyalik futbolchining umumiy daromadi 285 million dollarni tashkil etib, bu futbol tarixidagi rekord ko‘rsatkich hisoblanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 62023 | Инструменты