Huawei 1
G‘arbiy Yevropa aholisida Ukrainani g‘alabaga qadar qo‘llab-quvvatlash xohishi pasaydi

Rossiyaga qarshi urushda Ukraina g‘alabaga qozongunga qadar qo‘llab-quvvatlash istagi Yevropa mamlakatlarida keskin pasayib ketdi, deb yozadi The Guardian.

Dekabr oyida Fransiya, Germaniya, Italiya, Ispaniya, Shvetsiya, Daniya, Buyuk Britaniya va boshqa mamlakatlarda YouGov so‘rovi o‘tkazilgan. Unga ko‘ra, “kelishuv” Ukrainaning ayrim hududlarini Moskva nazoratida qoldirishni nazarda tutsa-da, yuqoridagi mamlakatlardan to‘rttasi urushni muzokaralar yo‘li bilan tugatishni ma’qullagan.

Shvetsiyada Ukrainani “g‘alabaga qadar” qo‘llab-quvvatlashga tayyor bo‘lganlar ulushi 2023-yil boshida 60 foizdan yuqori bo‘lgan darajadan 50 foizga tushgan. Daniyada ularning ulushi 40 foizni tashkil etmoqda, ushbu ko‘rsatkich ikki yil oldin 50 foizdan ko‘p bo‘lgan. Britaniyada esa Ukrainani qo‘llab-quvvatlovchilar 50 foizdan 36 foizga, Germaniyada 28 foizga, Ispaniyada 25 foizga, Fransiyada 23 foizga, Italiyada atigi 15 foizga tushgan.

Shu bilan birga, oxirgi to‘rtta davlatda ko‘pchilik Ukraina hududlarini Rossiyaga topshirib, urushni yakunlash uchun ovoz bergan: Germaniyada — 45 foiz, Ispaniyada — 46 foiz, Fransiyada — 43 foiz, Italiyada — 55 foiz.

Yetti mamlakatning barchasida ozchilik Kiyevga yordamni ko‘paytirish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlagan. Mazkur moliyaviy yordam hajmi joriy yilning oktyabr oyi oxiriga kelib 200 milliard dollarga yetgan edi.

Yordamni oshirish tarafdorlari Italiyada respondentlarning atigi 11 foiz, Fransiyada — 14 foiz, Ispaniya va Daniyada —17 foiz, Germaniya va Buyuk Britaniyada — 21 foiz, Shvetsiyada — 29 foizini tashkil etgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122803 | Инструменты