Huawei 1
Estoniya va Finlandiya o‘rtasidagi uchta aloqa kabeliga zarar yetkazildi

ERR portalining 26 dekabr kuni xabar berishicha, Finlandiya ko‘rfazida Estoniya va Finlandiya o‘rtasidagi uchta aloqa kabeli shikastlangan. «Chorshanba kuni kechqurun Elisa Eesti AS va CITIC Telecom CPC Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va texnik tartibga solish departamenti (TTJA)ga Estoniya va Finlandiya o‘rtasida suvosti kabellaridagi uzilishlar haqida xabar berishdi», — deyiladi nashrda.

Texnik nazorat bo‘limi ma’lumotlariga ko‘ra, Elisa konserniga tegishli ikkita aloqa kabeli uzilgan va CITIC Telecom kompaniyasiga tegishli bitta aloqa kabeli shikastlangan. «Ayni paytda uzilishlar sabablari noma’lum, ammo kabel egalari ularni ta’mirlash ustida ishlamoqda va bu foydalanuvchilarga ta’sir qilmadi», dedi Estoniya Iqtisodiy ishlar va kommunikatsiyalar vazirligi matbuot kotibi Laura Laaster. Kabel xizmati korxonalariga ko‘ra, uzilishlar yakuniy foydalanuvchilarga sezilarli ta’sir ko‘rsatmaydi. Kabellarning shikastlanish sabablari hali aniqlanmagan, tiklash muddati ko‘rsatilmagan. Estoniya hukumati voqea yuzasidan favqulodda yig‘ilish o‘tkazadi.

Boltiq dengizidagi elektr kabelni ta’mirlash bir necha oy davom etadi

26 dekabr kuni Finlandiya tizim operatori Fingrid bir kun avval nosozlikka uchragan Estoniya va Finlandiya o‘rtasidagi Estlink 2 elektr kabeli bir necha oy davomida ishlamasligini xabar qildi. Kompaniya dengiz kabeliga shikast yetkazilgan joy aniqlanganini ma’lum qildi va yangi ma’lumotlar paydo bo‘lishi bilan kabelning ishlashini tiklash muddatini e’lon qilishga va’da berdi.

Fingrid ma’lumotiga ko‘ra, kabelning elektr tarmog‘iga ulanishi 25 dekabr kuni tushdan keyin uzilgan. Kompaniya tashqi aralashuv ehtimolini inkor etmadi, biroq hodisa sabablarini aniqlash davom etishini ta’kidladi. Qayd etilishicha, Hongkong bayrog‘i ostida suzuvchi Xin Xin Tiang 2 kemasi uzilish sodir bo‘lgan joy yaqinida payqalgan. Yle media-kompaniyasining ma’lumotlariga ko‘ra, yana bir kema - Estlink 2 kabeli hududida Kuk orollari bayrog‘i ostida Sankt-Peterburgdan Misrga yo‘l olgan va hodisa aniqlanganda sezilarli darajada sekinlashgan Eagle S.

Marinetraffic dengiz harakati monitoringi xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, Finlandiya chegara qo‘riqlash xizmati patrul kemasi tankerni qirg‘oqqa kuzatib qo‘ygan.

Finlandiya politsiyasi suvosti kabelining nosozligi uchun kema ekipajlari aybdor bo‘lishi mumkinligini tekshirmoqda, deb xabar beradi Reuters. «Politsiya qirg‘oqni qo‘riqlash va boshqa idoralar bilan hamkorlikda voqealar zanjirini tekshirmoqda», — deyiladi xabarda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122803 | Инструменты