Koreyalik hujumchi umumiy hisobda 8-bor ushbu sovringa ega chiqdi
Angliyaning “Tottenhem” klubi hujumchisi Son Hyong Min Osiyoning 2022-yildagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Janubiy Koreya terma jamoasining 30 yoshli sardori soʻrovnomada 256 ball toʻpladi va ketma-ket oltinchi yil, umumiy hisobda 8-marta ushbu sovrinni qoʻlga kiritdi.
Osiyolik futbol jurnalistlari va ekspertlari oʻrtasidagi ovoz berishda 120 ball bilan 2-oʻrinni Mehdi Taremi (“Portu”, Eron) va Salim Ad Dovsari (“Al Hilol”, Saudiya Arabistoni) egallashdi.
Shuningdek, kuchli beshtalikka “Napoli” hamda Janubiy Koreya terma jamoasi himoyachisi Kim Min Chje, Yaponiya hamda “Brayton” vingeri Kaoru Mitoma ham kiritildi.
Ahamiyatlisi, Oʻzbekiston terma jamoasi handa “Spetsiya” klubi hujumchisi Eldor Shomurodov 14-oʻringa munosib koʻrildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 31414 | Инструменты