Professional boksning ikkinchi yarim yengil vazn toifasida faoliyat olib borayotgan o‘zbekistonlik bokschi Murodjon Ahmadaliyev toifaning mutlaq jahon chempioni yaponiyalik Naoya Inouega qarshi jang uchun kelishuvga erishdi. Bu haqda promouter Eddi Xirn o‘z Instagram sahifasida ma’lum qildi.
Eddi Xirn o‘z sahifasiga post joylab, ostiga quyidagicha izoh qoldirdi.
“Muzokaralar yakunlandi. O‘zbek kuchiga qarshi “monstr”. Diviziondagi eng zo‘r jang”, deyiladi postda.
Ma’lumot o‘rnida, Inoue o‘zining navbatdagi jangini amerikalik Ramon Kardenasga qarshi 4 may kuni o‘tkazadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 50301 | Инструменты