Erkin agent hisoblangan ispaniyalik himoyachi Serxio Ramos Meksikaning "Monterrey" futbol klubi bilan bir yillik shartnoma imzolaydi. Bu haqda Super Deportivo xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, kelishuv allaqachon yopilgan, futbolchi tibbiy ko'rikdan o'tishi va shartnoma imzolashi kifoya. Qayd etilishicha, tomonlar bir necha kundan beri muzokara olib borishgan va hozirda kelishuvga erishgan.
Eslatib o'tamiz, Ramosning so'nggi klubi "Sevilya" bo'lib, u yerda futbolchi professional faoliyatini boshlagan. 38 yoshli futbolchi 2023-yilning yozida erkin agent sifatida o'z jamoasiga qaytdi. Bungacha himoyachi “Real” va Fransiyaning “Pari Sen-Jermen” klublarida ham o‘ynagan.
O'tgan mavsumda himoyachi "Sevilya" safida barcha turnirlarda 37 ta o'yin o'tkazib, 7 ta gol va bitta golli uzatmani amalga oshirgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 20214 | Инструменты