Messi FourFourTwo talqini bo'yicha tarixdagi eng yaxshi futbolchi deb topildi
Britaniyaning FourFourTwo portali argentinalik hujumchi Lionel Messini tarixdagi eng yaxshi futbolchi sifatida tan oldi.
Reytingning ikkinchi o‘rnini afsonaviy braziliyalik Pele, uchinchi o‘rinni Messining hamyurti Diego Maradona egalladi. Reytingda to‘rtinchi o‘rinni portugaliyalik Krishtianu Ronaldu egalladi. Messining fikricha, barcha davrlarning eng yaxshi futbolchisi bo'lgan braziliyalik Ronaldo oltinchi o'rinni egalladi.
Messi 2023-yilning yozida MLSda to'p suradigan "Inter Mayami"ga o'tdi. O‘tgan yilning 20-avgust kuni argentinalik futbolchi Amerikadagi ilk sovrin – Liga kubogini qo‘lga kiritgandi. 2022-yilning dekabrida Messi Argentina terma jamoasi tarkibida jahon chempioni bo'ldi. Shuningdek, u terma jamoa safida 100 dan ortiq gol urgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 20720 | Инструменты