Huawei 1
Tramp Kanadadan po‘lat va alyuminiy importiga 50 foizgacha qo‘shimcha bojlar joriy etadi

AQSh prezidenti Donald Tramp savdo vaziriga Kanadadan po‘lat va alyuminiy import qilishga 50 foizgacha bo‘lgan qo‘shimcha bojlarni joriy etishni buyurganini e’lon qildi.

Trampning ma’lum qilishicha, bojlar 12 martdan kuchga kiradi. AQSh prezidenti ushbu qadamni Kanada tomonidan elektr energiyasiga o‘rnatilgan 25 foizli bojlarga javob deb atadi.

Bundan tashqari, Tramp Kanada turli AQSh sut mahsulotlariga 250 foizdan 390 foizgacha bo‘lgan fermer xo‘jaliklari tariflarini «zudlik bilan bekor qilishi» kerakligini aytdi. «Tez orada men xavf ostida bo‘lgan elektr energiyasiga nisbatan favqulodda holat e’lon qilaman», — deb yozadi Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘iga.

Shuningdek, Tramp agar «Kanada chidab bo‘lmaydigan uzoq muddatli boshqa bojlarini bekor qilmasa», 2 apreldan boshlab AQShga olib kiriladigan avtomobillar uchun bojni «sezilarli darajada» oshirish bilan tahdid qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu «Kanadadagi avtomobil bozorini tom ma’noda butunlay yopib yuboradi».

Trampning qo‘shimcha qilishicha, Kanada «AQShning harbiy himoyasiga ishongan holda milliy xavfsizlik uchun juda kam to‘lamoqda». «Biz Kanadani yiliga 200 milliard dollardan ortiqqa subsidiyalaymiz. Nimaga? Bunday davom etishi kerakmas. Ma’noga ega yagona narsa — bu Kanada bizning 51-shtatimizga aylanishidir. Bu barcha bojlar va boshqa narsalarning butunay yo‘qolishiga sabab bo‘ladi», — deb yozadi Tramp.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 31210 | Инструменты