Huawei 1
“Tarkibni kuchaytirishimiz kerak, aks holda muammolar bilan o‘zimiz kurashaveramiz” — Tuxel

Angliyaning “Chelsi” klubi bosh murabbiyi Tomas Tuxel APL 3-turi doirasidagi “Lids”ga qarshi oʻyindagi mag‘lubiyat (3:0) haqida oʻz fikrlarini bildirdi.

“Dastlabki 20 daqiqada gʻalaba qozonishimiz mumkin edi, keyin esa oʻyin tenglashdi, shundan soʻng raqibga ikkita sovgʻa berdik. Premyer-ligada ikkita gol sovgʻa qilgach, yana nimani xohlaysiz? Albatta, mag‘lubiyat.

Jiddiy individual xatolardan tez-tez toʻp oʻtkazib yubordik. Mana bizning tarkibimiz. Ularga bor energiyamni beraman, ammo tarkibni kuchaytirishimiz kerak. Aks holda mavjud muammolar bilan birga kurashaveramiz.

Bugun hammasi shunday boʻlishini kutmagan edik. Bahsni yaxshi boshladik, xavfli vaziyatlar yaratdik. Gol ura olmaganimizdan hafsalamiz pir boʻldi. Keyin toʻp oʻtkazib yubordik va ikkinchi gol deyarli magʻlubiyatni kafolatladi”, — deydi Tuxel “BBC” nashriga.

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51300 | Инструменты