Terma jamoasining mutlaq rekordchisi bo'lgan Luka Modrich Xorvatiya safidagi faoliyatini yakunlamoqchi
Ispaniyaning “Real Madrid” klubi yarim himoyachisi Luka Modrich 2022-yilgi Jahon chempionatidan keyin Xorvatiya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlashini maʼlum qildi.
“Allaqachon chegara yoshiga yetganimni tushunaman. Bu Xorvatiya terma jamoasi bilan soʻnggi turnirim boʻladi”, — deydi “Real Madrid” yarim himoyachisi “FIFA+” nashriga bergan intervyusida.
Ma’lumot uchun, Modrich Xorvatiyadagi debyutini 2006-yilning mart oyida oʻtkazgan. U terma jamoasi safida oʻyinlar soni boʻyicha rekordchi hisoblanadi — 154. Luka bilan jamoa JCH-2018 finaliga chiqqan va Fransiyaga magʻlub boʻlgan edi(2:4). Oʻsha yili Modrich “Oltin toʻp” mukofotiga sazovor boʻlgan.
Avvalroq, “Real Madrid” hujumchisi Karim Benzemaning faoliyatini qayerda yakunlamoqchiligini aytgani haqida xabar bergan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11205 | Инструменты