Huawei 1
Karim Benzema “Barselona”dan taklif bo‘lgani va faoliyatini qayerda yakunlashini aytdi

Ispaniyaning “Real Madrid” klubi hujumchisi Karim Benzema 2009-yilda “Barselona”ga o‘tishga yaqin bo‘lgani haqida gapirdi.

“O‘sha vaqtda bir nechta jamoa men bilan aloqaga chiqqandi. Ular ichida “Manchester Yunayted”, “Inter” va “Barselona” bor edi. Lekin men “Real”ni tanladim. O‘sha lahzani eslayman, do‘stlarim bilan birga edim. Faoliyatimni “Real”da yakunlayman. Boshqa yo‘l yo‘q”, — deydi Benzema.

Eslatib o‘tamiz Benzema 2022-yilgi “Oltin to‘p” sohibiga aylandi. Fransiyalik futbolchi 2009-yildan buyon madridliklar sharafini himoya qilib keladi. “Qaymoqranglilar” Karim uchun “Lion”ga 35 million yevro to‘lab bergan.

Mavzuga doir:

- Karim Benzema “Oltin to‘p” mukofotini qo‘lga kiritish siri nimada ekanligini aytdi;

- Karim Benzema bolaligida 3 ta orzusi bo'lganligi haqida gapirdi;

- “Real” prezidenti: “Benzema Zidan va Ronaldoning qorishmasi, u allaqachon “Oltin to'p”ni yutishi kerak edi”;

- “Benzema bilan aka-ukadekmiz, u bilan taqdirlarimiz juda o'xshash”, — Zidan Karimni maqtadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102412 | Инструменты