“Tottenhem” 25 mln yevro evaziga A Seriyadan futbolchi sotib oladi

Angliyaning “Tottenhem” klubi “Udineze” himoyachisi Destini Udoji transferi bo'yicha italyan klubi bilan kelishuvga erishdi.

Unga ko'ra, “shporlar” 19 yoshli italiyalikning London klubiga oʻtishi uchun 25 million yevro toʻlaydi. Klublar futbolchining transferi boʻyicha kelishuvni yakunlagan.

Udojining kelasi mavsumni “Udineze”da oʻtkazish ehtimoli bor, ammo ijara asosida. Uning transfer huquqi esa “Tottenhem”ga tegishli bo'ladi.

Ma'lumot uchun, futbolchi oʻtgan mavsum A Seriya doirasidagi 35 ta oʻyinda maydonga tushib, 5 ta gol va 3 ta assist qayd etgan.

Avvalroq, “Chelsi” “Tottenhem” hujumchisini sotib olmoqchi ekanligi to'g'risida xabar bergan edik.

Izohlar: 5
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51420 | Инструменты