“Tottenhem” 60 mln yevroga sotib olgan futbolchisini “Napoli”ga ijaraga beradi
Angliyaning “Tottenhem” klubi yarim himoyachisi Tangi Ndombele faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettiradi.
Taniqli jurnalist-insayder Fabritsio Romanoning yozishicha, Neapolning “Napoli” klubi fransuz futbolchisini sotib olish sharti bilan 1 yil muddatga ijaraga olgan. O'tgan mavsumning teng yarmini “Lion” safida ijarada o'tkazgan futbolchi bugun italyan klubi uchun tibbiy ko'rikdan o'tadi va shartnoma imzolaydi.
Ma'lumot uchun, “Tottenhem Hotspur” Ndombeleni 2019-yilning yozida “Lion”dan 60+10 million yevroga sotib olgan edi.
Avvalroq, “Tottenhem”ning boshqa bir yarim himoyachisi Jovanni lo Chelso ham faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkinligi haqida xabar bergan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51418 | Инструменты