Huawei 1
“Tottenhem” futbolchisi faoliyatini A Seriyada davom ettirishi mumkin

Angliyaning “Tottenhem” klubi yarim himoyachisi Jovanni lo Chelso faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin.

Italiyaning “Fiorentina” klubi 26 yoshli oʻyinchi bilan shartnoma imzolash uchun kurashga qoʻshildi. “Binafshalar” futbolchini bir mavsumga ijaraga olmoqchi va bitimga 20 mln yevrolik xarid qilish huquqini qoʻshmoqchi. Oldinroq, Lo Chelso ushbu yozda “Vilyarreal”ga oʻtish boʻyicha kelishuvga erishgani, ammo ispan klubi La Liganing moliyaviy feyr-pley qoidalari sabab bitimni amalga oshira olmasligi aytilgan edi.

Argentinalik yarim himoyachi oʻtgan mavsumning ikkinchi qismini ijara asosida “Vilyarreal”da oʻtkazdi. Futbolchi klub safida barcha musobaqalarda 21 ta oʻyinda maydonga tushib, 1 ta gol va 1 ta golli uzatma qayd etgan.

Avvalroq, “Tottenhem”ning 25 mln yevro evaziga A Seriyadan futbolchi sotib olishga yaqin turganligi haqida xabar bergan edik.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60915 | Инструменты