U-20 Jahon chempionati—2023 ning barcha ishtirokchilari ma’lum bo‘ldi. O‘zbekiston qur’ada 3-savatchadan joy oladi
O‘zbekiston mezbonligida o‘tayotgan U-20 Osiyo Kubogi—2023 chorak final o‘yinlari yakunlandi va yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan jamoa ma’lum bo‘ldi.
Mazkur jamoalar o‘z navbatida U-20 Jahon chempionati yo‘llanmasiga ham ega chiqdi. Shu tariqa Indoneziyada bo‘lib o‘tadigan kichik mundialning barcha ishtirokchilari nomi ma’lum bo‘ldi.
Joriy yilning 20-mayida 11-iyuniga qadar davom etadigan musobaqada 24 ta terma jamoa ishtirok etadi.
Ular bilan tanishing:
Osiyo: Indoneziya (mezbon), Iroq, Yaponiya, Janubiy Koreya, O‘zbekiston;
Afrika: Gambiya, Nigeriya, Senegal, Tunis;
Shimoliy Amerika: Dominikan, Gvatemala, Gonduras, AQSH;
Janubiy Amerika: Braziliya, Kolumbiya, Ekvador, Urugvay;
Okeaniya: Fiji, Yangi Zelandiya;
Yevropa: Angliya, Fransiya, Isroil, Italiya, Slovakiya.
Musobaqaga 31-mart kuni qur’a tashlanadi.
Qur’a oldidan savatchalar quyidagi ko‘rinishni olgan:
Birinchi savatcha: Indoneziya (mezbon), Urugvay, AQSH, Fransiya, Senegal, Italiya;
Ikkinchi savatcha: Angliya, Janubiy Koreya, Yangi Zelandiya, Braziliya, Kolumbiya, Ekvador;
Uchinchi savatcha: Nigeriya, Yaponiya, O‘zbekiston, Iroq, Gonduras, Fiji;
To‘rtinchi savatcha: Gvatemala, Dominikan, Gambiya, Isroil, Slovakiya, Tunis.
Ma'lumot o'rnida, bu Jahon chempionati O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi tarixidagi 5-musobaqa bo‘ladi. So‘nggi bor jamoa 2018-yilgi turnirda ishtirok etgandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 13103 | Инструменты