“Futbol mahsulot sifatida eskirdi”, — Pike futbol qoidalariga o‘zgartirish kiritishni taklif qildi

Ispaniyaning “Barselona” klubi sobiq himoyachisi Xerard Pike futbol qoidalariga o‘zgartirishlar kiritish vaqti kelganini aytdi.

“Sizda bir necha bo‘sh soat bor va uni iloji boricha ko‘proq axborot olishga sarflaysiz. Siz qisqa va qiziqarli mahsulot yaratishingiz kerak. Menimcha, 90 daqiqa — juda ko‘p. Keling, qoidalarni maroqliroq qilaylik. Futbol mahsulot sifatida eskirdi deb o‘ylayman”, — deydi Pike.

Avvalroq, Pike qizil kartochkalar olish bo‘yicha “Barselona” antirekordini takrorlagani hamda yaqin kelajakda u “Barsa” prezidenti bo’lmoqchi ekanligi haqida xabar bergan edik.

Izohlar: 2
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 43000 | Инструменты