Madridning “Real” klubi hujumchisi Vinisius Junior mamlakatda irqchilik bilan bog'liq vaziyat o'zgarmas ekan, Ispaniya 2030-yilgi jahon chempionatiga mezbonlik qilmasligi kerak, deb hisoblaydi
Vinisius 2030-yilgi jahon chempionatini Ispaniyadan olib qo'yishni taklif qildi.
“2030-yilgacha bizda o'zgarishlar uchun juda katta vaqt bor. Umid qilamanki, Ispaniya rivojlanib, insonni terining rangi tufayli haqorat qilish qanchalik jiddiy ekanligini tushuna oladi. Menimcha, agar 2030-yilga borib vaziyat yaxshilanmasa, unda jahon chempionatini o‘tkazish uchun boshqa joy topish kerak bo‘ladi. O'yinchilar irqchilikdan aziyat chekishi mumkin bo'lgan mamlakatda o'zlarini qulay va xavfsiz his qila olmaydi.
Men vaziyatni o'zgartirish uchun hamma narsani qilmoqchiman, chunki Ispaniyada ko'pchilik irqchi emas. Oxir oqibatda yashash juda yoqimli bo'lgan mamlakat imidjiga ta'sir qiladigan kichik bir guruh bor.
Men "Real Madrid"da o'ynashni yaxshi ko'raman. Men Ispaniyani yaxshi ko'raman, unda men va oilam uchun eng yaxshi sharoitlar mavjud. Umid qilamizki, vaziyat yaxshilanishi mumkin. 2030-yilga kelib irqchilik hodisalari soni kamayadi”, dedi Braziliya terma jamoasi futbolchisi Vinisius Junior.
2030-yilgi jahon chempionati Ispaniya, Portugaliya va Marokashda o'tkazilishi rejalashtirilgan. Urugvay, Argentina va Paragvay ham bittadan o‘yinga mezbonlik qiladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 91723 | Инструменты