Huawei 1
YECHL. “Liverpul” “Milan”ni mag‘lub etdi, “Real” o‘z uslubida g‘alabani ilib ketdi, “Bavariya”dan 9 gol, Keyndan poker

Yevropa Chempionlar Ligasida 1-tur gollarga boy o‘tmoqda. 

“Liverpul” “Milan”dan tezkor gol o‘tkazib yuborganiga qaramay, ishonchli g‘alabaga erishdi. 

Amaldagi chempion “Real” “Shtutgart”ga qarshi qiyin bahsda so‘nggi daqiqalardagi gollar evaziga g‘alabani ilib ketdi. 

Myunxendagi gollar shousida “Bavariya” «Dinamo Zagreb»ni tor-mor etdi, Keyn poker (3 tasi penaltidan), Olise dubl qayd etdi. 

Yana bir o‘yinda “Sporting” o‘z uyida “Lill”ni mag‘lubiyatga uchratdi.

YECHL. 1-tur. 17 sentyabr

Milan Liverpul 1:3

Gollar: Pulishich (3) — Konate (23), van Deyk (41), Soboslai (67). 

Milan – Menyan (Torriyani, 51), Teo, Pavlovich, Tomori (Gabbiya, 84), Kalabriya (Emerson, 70), Loftus-Chik (Abraham, 70), Fofana, Reynders, Pulishich, Leau, Morata (Okafor, 84).

Liverpul – Alisson, Simikas, van Deyk, Konate, Aleksander-Arnold (Gomes, 79), Mak Allister (Endo, 90+2), Gravenberh, Soboslai, Gakpo (Dias, 68), Saloh (Kyeza, 90+2), Jota (Nunes, 68).

Ogohlantirishlar: Kalabriya (22), Fofana (31), Mak Allister (53), Fonseka (60), Konate (80).

Real Shtutgart 3:1

Gollar: Mbappe (46), Ryudiger (83), Endrik (90+6) — Undav (68). 

Real – Kurtua, Mendi (Fran Garsiya, 76), Ryudiger, Karvaxal, Vaskes (Militao, 46), Bellinghem (Endrik, 80), Chuameni (Modrich, 70), Valverde, Vinisius, Mbappe, Rodrigo (Gyuler, 75).

Shtutgart – Nyubel, Mittelshtadt, Shabo, Ruo (Zagadu, 88), Vagnoman (Cheyz, 63), Shtiller, Karazor, Fyurix (Rider, 63), Miyo (Demirovich, 75), Leveling, Undav (Ture, 76).

Ogohlantirishlar: Vaskes (23), Mittelshtadt (30), Valverde (78), Militao (80), Modrich (90+5). 

Bavariya Dinamo Zagreb 9:2

Gollar: Keyn (19 penalti, 57, 73 penalti, 78 penalti), Gerreyru (33), Olise (38, 61), Sane (85), Goretska (90+2) — Petkovich (49), Ogivara (50).

Bavariya – Noyer (Ulrayx, 46), Devis, Kim Min Chje (Dayer, 69), Upamekano, Gerreyru (Goretska, 81), Pavlovich, Kimmix, Olise (Sane, 68), Gnabri, Musiala (Myuller, 68), Keyn.

Dinamo Zagreb – Nevistich, Ogivara (Xoja, 73), Per-Gabriel (Shpikich, 73), Mmae, Teofil-Katrin, Ristovski, Baturina (Ademi, 78), Mishich, Rog (Stoykovich, 46), Pyatsa (Kulenovich, 61), Petkovich.

Ogohlantirish: Ristovski (77).

Sporting Lill 2:0

Gollar: Dokeresh (38), Debas (65).

Sporting – Israel, Inasiu (Reys, 13), Diomande, Debast, Pedru Gonsalvesh, Trinkau, Morita (Daniel Bragansa, 46), Yulmand, Katamu, Kenda (Arauxo, 73), Dokeresh.

Lill – Shevale, Bakker (Gudmundsson, 82) Menye (Santush, 64), Alessandro, Mandi (Buaddi, 64), Diakite, Gomes, Andre, Jegrova, Sahraui (Kabella, 71), Devid (Fernandes Pardo, 64).

Ogohlantirishlar: Gomes (21), Devid (40), Morita (45+1), Andre (56), Buaddi (72), Debas (86). 

Chetlatish: Gomes (40).

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91915 | Инструменты