Huawei 1
Yevro-2024 Germaniyaga 1 milliard dollar foyda olib kelishi mumkin

2024-yilgi futbol bo‘yicha Yevropa chempionati Germaniya g‘aznasiga 1 milliard dollar tushishi mumkin, deb xabar bermoqda Reuters. Manbaga ko‘ra, bunday daromad sayyohlar oqimi bilan bog‘liq.

Eslatib o‘tamiz, musobaqaning ochilish o‘yinida “A” guruhi ishtirokchilari – Germaniya va Shotlandiya terma jamoalari to‘qnash kelishdi. Yevro-2024 ning ochilish o'yini 14-iyun kuni Myunxendagi Allianz Arenada bo'lib o'tdi. 

Yevro-2024ning final qismi Germaniyada bo'lib o'tadi. Turnir o'yinlariga 10 ta shahardagi 10 ta stadion mezbonlik qiladi. Qit’a chempionati roppa-rosa bir oy – 14-iyulga qadar davom etadi.

Ma'lumot o'rnida, Yevropa chempionatining amaldagi g'olibi - Londondagi "Uembli" stadionida Yevro-2020 finalida Angliya terma jamoasini mag'lub etgan Italiya terma jamoasi. O'sha final taqdiri penaltilar seriyasida hal bo'lgan edi. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92821 | Инструменты