“KAFOLAT sug`urta kompaniyasi” AJ 2017 yil I yarim yillikda 14 mlrd. so‘m sug‘urta qoplamasi to‘ladi

2017 yil I yarim yillik yakunlari bo‘yicha Kompaniyamiz tomonidan 5472 ta sug‘urta da’volari ko‘rib chiqilib, sug‘urta qoplamalari amalga oshirilgan, bu 2016 yil I yarim yillikda  ko‘rib chiqilgan da’vo arizalaridan  142,7 % ga ko‘p degani. Sug‘urta qoplamalari miqdori 14 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Sug‘urta qoplamalarining asosiy qismi majburiy sug‘urta turlari bo‘yicha kelib tushgan sug‘urta da’volariga to‘g‘ri kelmoqda. Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha 2017 yilning  6 oyida 2,7 mlrd.so‘m sug‘urta qoplamasi to‘langan, bu 2016 yilning shu ko‘rsatgichiga nisbatan  835,7 mln. so‘m, ya’ni 145,3 foizga ko‘p degani.

Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha 2017 yil I yarim yillikda 7,4 mlrd. so‘m sug‘urta qoplamalari amalga oshirilgan va bu o‘tgan yilning I yarim yillikda  amalga oshirilgan sug‘urta qoplamalariga nisbatan 142,5 foizga ko‘p demakdir.

Shuning bilan, Kompaniyada 2017 yil 6 oyda ixtiyoriy sug‘urta turlari bo‘yicha sug‘urta qoplamalari oshishi kuzatildi va 3739 ta sug‘urta da’volari bo‘yicha 1,7 mlrd. so‘m sug‘urta qoplamalari amalga oshirilib 2016 yil shu ko‘rsatkichga nisbatan o‘sish 159,3 foizni tashkil etdi.

Joriy yil I yarim yillikda ixtiyoriy tibbiy sug‘urta yo‘nalishi bo‘yicha sug‘urta qoplamalari 702,9 mln. so‘mni tashkil etib, 2016 yil I yarim yillikka nisbatan o‘sish ko‘rsatkichlari 183,9  foizni tashkil etdi. Ushbu ko‘rsatkichlar shuni ko‘rsatmoqdaki, sug‘urta xodisasi yuz berganda, kompaniya o‘z mijozlari oldidagi majburiyatlarini vaqtida va sifatli bajarishga intiladi.

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 32807 | Инструменты