Huawei 1
Mamlakatimizda xizmat ko'rsatish sohasini rivojlantirishga doir izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda, ushbu bozor tuzilmasi istiqbolli xizmat turlarini rivojlantirish evaziga takomillashtirilmoqda. Sug'urta ana shunday xizmat turlaridan biri sanaladi, xabar beradi UzA.

"O'zagrosug'urta" davlat aksionerlik sug'urta kompaniyasi qishloq joylarida tovar ishlab chiqaruvchilar va aholiga sug'urtaviy himoya xizmatini ko'rsatadi. 189 ta hududiy bo'limga ega ushbu kompaniya qirqdan oshiq xizmat turini taklif etadi. Bu tadbirkorlarning asosiy mablag'lari, qishloq xo'jaligi ekinlarining hosili va ularni qayta ekish, korxonalarning tijorat banklari tomonidan ajratiladigan imtiyozli kreditlarni qaytarish uchun javobgarligi va hokazolarni sug'urtalashdir. Fuqarolar mulki va sog'lig'ini baxtsiz hodisalar, yuqumli kasalliklardan sug'urtaviy himoyalash orqali aholining ijtimoiy hayotini yaxshilash ham kompaniya faoliyatining o'ziga xos jihati hisoblanadi.

Kompaniyadan ma'lum qilishlaricha, 2006 yilning birinchi choragida 877 mingtadan ortiq shartnoma tuzilgan. Ular bo'yicha majburiyatlarining umumiy qiymati 264 milliard so'mni tashkil etdi. Uch oy mobaynida zararni qoplash sifatida 638 million so'm to'landi. Bu o'tgan yilning shu davriga qaraganda 54 foizga ko'p.

Agrosanoat ishlab chiqarishning tavakkalchilik darajasining yuqoriligi bevosita qishloq xo'jaligi korxonalarining moliyaviy-iqtisodiy ahvoliga ta'sir qiladigan ob-havo sharoitiga bog'liqdir. Bu esa katta miqdorda sarmoyalar jalb qilinishga ham ta'sir ko'rsatadi. Kafolatli sug'urta himoyasining mavjudligi kredit resurslaridan foydalanishda muhim ahamiyatga ega bo'lib, ushbu tarmoqqa mablag' sarflashning jozibadorligini oshiradi.
Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 123104 | Инструменты