Huawei 1
1-yanvardan boshlab 14 ta hududda yangi darsliklar tajriba asosida o‘qitila boshlaydi - Shavkat Mirziyoyev

Prezident yangi avlod darsliklari bilan tanishuv jarayonida xalqaro tajriba sinovi darslari bilan tanishdi.

O‘quvchilar zamonaviy gadjetlar orqali qanday bilim olayotgani namoyish etildi. Chunki bugungi jamiyatimiz texnologiyalar va gadjetlar bilan bevosita bog‘liq. Shu bois o‘quvchilarga ta’lim berishda zamonaviy kommunikasiya vositalari imkoniyatidan samarali foydalanish, o‘quvchilarning ham o‘ynab, ham o‘rganishi uchun sharoit yaratishga harakat qilinyapti.

Prezident Shavkat Mirziyoyev bu yerda bolalar bilan suhbatlashdi. O‘quvchilar, xususan, alohida ta’limga muhtoj bolalar dars jarayonlarini qanday o‘zlashtirayotgani bilan qiziqdi.

Yangi O‘zbekistondagi tashabbuslarni, ayniqsa, ta’lim bo‘yicha islohotlarni chekka hududlarga ham kirib borishga harakat qilinayotgani haqida gapirdi

“Biz avvalo ustozning, muallimning obro‘sini ko‘tarishimiz kerak. Aytish kerakki, biz 20 yilda o‘qituvchilarga e’tibor qaratmadik. Bundan kim yutqazdi? Albatta, biz.

Navoiyga borganimda yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdim. Ulardan «sizlarni nima qiynayapti?», deb so‘radim. Ular javob bera olmadi. Savolga o‘zim javob berdim: «korxonalardagi yangi texnika, asbob-anjomlarni ishlatishda qiyinchiliklar bo‘lyaptimi?», degan edim, bir yigit bunga javoban «bilim yetishmayapti», dedi. Bu ham haqiqat”, — dedi prezident.

"Oxirgi yillarda ta’limda o‘qituvchining kayfiyati, dars berishi o‘zgargani ham adolatli haqiqat. Men o‘zim ham ta’lim berganman, bilaman bu sohani. Oliy Majlisga yo‘llangan murojaatnomada aytilgan oltita yo‘nalishni bajarish azob. Lekin bugun qiynalmasak, ertaga natija bo‘lmaydi, — deya qo‘shimcha qildi Shavkat Mirziyoyev.

Davlat rahbari so‘nggi yillarda maktablarda amalga oshirilgan ishlar haqida gapirdi.

"So‘nggi 5 yilda mingta maktab qurdik. 7 millionta kompyuter sinflarini tashkil qildik. Bu kabi ishlarga 14 trillion mablag‘ berdik. Bu hozirgi sharoitimiz uchun katta mablag‘. Lekin ta’lim uchun bersak arziydi. Bu bizning kelajagimiz", — dedi davlat rahbari.

Shavkat Mirziyoyev 1-yanvardan boshlab 14 ta hududda yangi darsliklarni tajriba asosida o‘qitilishini aytdi.

"Keyingi bosqichda 5–11-sinflar uchun ham darsliklar ishlab chiqamiz. Murojaatnomada aytilganidek, har bir maktab bitiruvchisi ikkita tilni bilishi va bitta kasb o‘rganishi kerak. Hozir 22 ta fan bor maktablarda. Endi esa yoshlarga kreativ sohalarda dars berishimiz kerak. Fanlarni ham, dars soatlarini ham ko‘rib chiqishimiz kerak", — dedi prezident.

“Mana bugun ta’lim sifatini oshirish, yangi darsliklar masalasida gaplashamiz. Xo‘sh, bu yangi darsliklarni farzandlarimizga kim yetkazadi? Albatta muallim! Men bekorga muallimning obro‘sini ko‘tarish haqida takror-takror gapirmayman. Bugungi globallashuv davrida ta’lim, kelajak avlod barkamolligi qay darajada muhimligini yanayam kuchliroq anglab yetyapmiz.

Bugun yoshlarimiz, bolalarimizning o‘zi “Bizga kechagi kun ta’limi kerak emas” degan talabni qo‘yishyapti. Hozirgi islohotlarimizni reajalashtiryapmiz, katta-katta marralarni qo‘yyapmiz. Ularni aytish oson, lekin bajarish azob. Lekin har qancha qiyin bo‘lmasin biz farzandlarimiz uchun bu islohotlarni amalga oshirish uchun harakat qilishimiz shart.

Bugungi intiluvchi bolalar kelajakda sizning oltin fondingizga aylanadi. Ularning yutuqlaridan faxrlanasiz. “Men jonajon vatanim uchun qanday hissa qo‘shyapman?!” degan savolga javob o‘z ustimizda ishlashimiz va farzandlarimiz kamoloti bo‘ladi.

Yilimiz nomini ham ta’limga bog‘laganimiz bejiz emas. Bu masala mening doimiy diqqat markazimda bo‘ladi. Maoshlaringizni oshirdik, lekin bu bilan to‘xtab qolmaymiz. Imkoniyatimiz bo‘lishi bilan yana ko‘paytiramiz”.

"Kelgusi yili ta’limga oid ham ko‘plab qaror, farmonlar chiqadi. Shuningdek, maktab o‘qituvchilari uchun ipoteka kreditlarini kamaytirsak bu ham yaxshi bo‘ladi.

Albatta, 20-30-40 yil davomida eskicha dars bergan o‘qituvchiga yangi darsliklarga o‘tish biroz og‘ir. Lekin bugun bu narsani qilmasak, ertaga o‘zimiz kutgan natijani ololmaymiz”, — Shavkat Mirziyoyev

"Balki ayrim fanlarni qisqartirarmiz, zamonaviy fanlarni ko‘paytirarmiz. Negadir biz qisqartirishdan qo‘rqamiz.

Agar biror fan zamonaviylikdan ortda qolsa, uni saqlab turishda nima ma’no bor? 10 mingdan ortiq maktabdan 842 tasining birorta bitiruvchisi oliy o‘quv yurtiga kira olmagan. Buni qanday baholash mumkin?

Biz "Bolalar yomon bo‘lib ketdi" degan fikrdan voz kechishimiz kerak. O‘zimizga savol qo‘yaylik – ularni yaxshi qilish uchun nimalar qildik?! Baribir ular o‘zimizning farzandlarimiz.

Sizlar bilan bir tanu bir jon bo‘lib, jonajon O‘zbekistonimizning kelajagi haqida o‘ylashimiz shart", — Shavkat Mirziyoyev

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112317 | Инструменты