Huawei 1
15 ta tuman va shaharda barcha davlat idoralari tumanlar markazidagi bitta ko‘p qavatli binoga ko‘chiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning kichik va o‘rta biznes vakillari bilan uchrashuvi bo'lib o'tmoqda.

Biznesni moliyalashtirishda muqobil manba sifatida venchur fondlar ommalashmoqda.

O‘zbekistonda besh yilda venchur fondlar ishtirokida 145 million dollarlik 53 ta startap loyiha amalga oshirildi.

Bu hali kamligi qayd etilib, 9 ta davlat banki 3 ta venchur kompaniya ochib, 50 million dollarlik fond shakllantirgani biznesni boshlayotgan tadbirkorlar uchun juda katta imkoniyat ekani taʼkidlandi.

"Eng muhimi, bunday loyihalar iqtisodiyotga yangi yo‘nalish, texnologiya, innovatsiya va yuqori qo‘shilgan qiymat olib kiradi.

Startap orqali yaratilgan yuqori samarali innovatsion mahsulot yoki xizmatlar texnik reglament va standartlarga kiritiladi. Bu ularga davlat buyurtmasi uchun yo‘l ochadi", - dedi prezident.

Davlat rahbari venchur fondlar mablag‘ining bir qismini sunʼiy intellekt loyihalariga yo‘naltirish taklifini qo‘llab-quvvatladi.

Yaratilgan sharoitlar hisobiga uch yilda 250 mingta yangi korxona ish boshladi. Ularning ko‘pchiligi “oyoqqa turib”, faoliyatini kengaytirishi uchun yer va bino kerak.

"Hokimlar yerlarni tanlashda, eng avvalo, kengayish istagida yurgan, loyihasi tayyor tadbirkorlar so‘ragan joylarni auksionga chiqarishi zarur", - dedi prezident.

Masalan, Yunusoboddagi “Mingboyev robotiks” korxonasi nogironligi borlar uchun protez va ekzo-skeletlar yasab, 100 ga yaqin odamni faol ijtimoiy hayotga qaytargan. Tadbirkor faoliyatini kengaytirish uchun nogironligi bo‘lgan odamlar bemalol kirib-chiqishi uchun qulay joy so‘ragan.

Bunday yuqori texnologiyali mahsulot yaratadigan tadbirkorlarga 10 ming kvadrat metrgacha bo‘lgan davlat obyektlari 5 yilga bepul ijaraga berilishi belgilandi.

Shu bilan birga, bu borada yangi tizim joriy qilinadi: 15 ta tuman va shaharda barcha davlat idoralari tumanlar markazidagi bitta ko‘p qavatli binoga ko‘chiriladi. Yangi binolarning 1-2-qavatlari tadbirkorlarga sotiladi.

Ushbu tumanlarda davlat idoralaridan bo‘shaydigan 150 ta bino auksionda tadbirkorlarga taklif qilinadi.

Bu yil kichik va o‘rta biznes loyihalari infratuzilmasiga ajratilishi belgilangan 1 trillion so‘mga qo‘shimcha 500 milliard so‘m ajratiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91306 | Инструменты