Huawei 1
Albaniya sun'iy intellekt vazirini tayinlagan dunyodagi birinchi davlatga aylandi

Dunyodagi birinchi sun’iy intellekt vaziri davlat xaridlari uchun mas’ul bo'ladi. Bundan maqsad davlat xaridlarida korrupsiyaning oldini olishdir.

"AI vaziri" Diella deb nomlanib, alban tilida "quyosh" degan ma'noni anglatadi.

Bosh vazir Edi Ramaga ko’ra, Diella davlat tenderlarini olib boradi, bunda hukumat xususiy kompaniyalarga shartnomalar beradi.

Shuningdek, fuqarolar uchun turli xizmatlardan foydalanish imkonini beruvchi e-Albaniya platformasida “AI vaziri” modeli qoʻllaniladi. An'anaviy alban libosida kiyingan "Diella" prototipi birinchi marta yanvar oyida Rama tomonidan namoyish etilgan edi. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91219 | Инструменты