Huawei 1
20 ta tumanda kichik va o‘rta sanoat korxonalarini rivojlantirish bo‘yicha loyiha ofislari tashkil etiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning kichik va o‘rta biznes vakillari bilan uchrashuvi bo'lib o'tmoqda.

Qoraqalpog‘iston, Jizzax, Toshkent va vodiy viloyatlarida 5,2 ming gektar yerni yaxlit holda savdoga qo‘yib, 49 yilga ijaraga berish boshlandi.

Bu yerda tadbirkorlarga o‘zi xohlagan ekinni ekib, bir qismiga saqlash, saralash, qadoqlash quvvatlari qurishiga ham ruxsat berildi.

Endilikda shu yilning o‘zida yana 30 ming gektar yerlar yangi tizim asosida savdoga chiqariladi.

Yaqinda “Uzagro-star” xolding kompaniyasi tashkil qilindi. 9 ta bank ushbu xolding tarkibida meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan 16 ta kompaniya ochdi.

Bu kompaniyalar har bir viloyatda meva-sabzavotni qayta ishlaydigan agrosanoat kompleksini quradi. Bunga dastlabki bosqichda yana 200 milliard so‘m beriladi.

Prezident tadbirkorlarda yangilik qilish, tannarxni pasaytirish, sifatni yaxshilash orqali yangi bozorlarga chiqishga ishtiyoq tobora kuchayib borayotganini taʼkidladi.

Lekin ularning hammasi ham buning uchun qayerga borib, kimga uchrashish, qayerdan mutaxassis, yangi texnologiya olib kelishni bilmasligi qayd etildi.

Shu bois 20 ta tumanda kichik va o‘rta sanoat korxonalarini rivojlantirish bo‘yicha loyiha ofislari tashkil etiladi. Ularga xorijiy muhandis, texnolog, dizayner, buxgalter va marketologlar olib kelinadi. Bu maqsadlarga shu yilning o‘zida 100 milliard so‘m ajratilishi belgilandi.

Loyiha ofislari korxonalarga tannarxni tushirish, sifat va texnologiyani yaxshilashga, ularni yiriklashtirib, sanoat darajasiga olib chiqishga ko‘maklashadi.

Bundan tashqari, kichik biznesda yangi “drayver” bo‘ladigan uskuna va dastgohlar, tibbiy vositalar, elektronika sanoati, logistika kabi sohalarda tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha alohida dasturlar qabul qilinadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91305 | Инструменты