2025-yildan Toshkent - Xiva “Jaloliddin Manguberdi” tezyurar poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
Avvalroq, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev xorazmlik saylovchilar bilan uchrashgani haqida xabar bergan edik. Uchrashuvda nomzod tomonidan bir qancha takliflar berildi.
Keyingi yetti yilda yo‘l, elektr va suv infratuzilmasiga yirik miqdorda pul sarflanishini ta’kidladi.
“2025-yildan Toshkent-Xiva “Jaloliddin Manguberdi” tezyurar poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.
Buning uchun, Buxoro – Urganch – Xiva temiryo‘li 365 million dollar investisiya hisobiga elektrlashtiriladi.
Kelgusi yetti yilda Xorazmda turizm uchun, yo‘l, elektr va suv infratuzilmasiga 200 million dollar sarflanadi”, – dedi nomzod.
Alpha version: 0.9.1.19 build 50620 | Инструменты