4 ta tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimidan ozod etildi

Soliq qoʻmitasi Raisi Sherzod Kudbiyev rahbarligida, kengaytirilgan Hayʼat majlisi boʻlib oʻtdi.

Unda 2024-yil I yarim yillik yakuni tanqidiy ravishda sarhisob qilinib, III chorakda amalga oshiriladigan dolzarb vazifalar belgialb berildi.

Majlisda markaziy apparat hamda hududiy soliq boshqarmalari va inspeksiya boshliqlari, mahallalar, shuningdek korxonalarga biriktirilgan xodimlar (videokonferensaloqa orqali) ishtirok etdi.

Yigʻilishda joriy yilning I yarim yilligida budjetga 85,8 trln soʻm miqdorida soliq tushumlari taʼminlanib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 12,5 %ga, hududlarda 24,4 %ga, tumanlarda 37 %ga oʻsganligi qayd eildi.

Mol-mulk soligʻi tushumlari 37,6 %, yer soligʻi 31,2 %, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq 21%, AOS 19 % va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi 18 %ga oʻsdi.

Hududlarda foyda soligʻi tushumi 32,3 % va QQS 20,6 %ga oʻsdi. Pensiya jamgʻarmasiga 23,1 trln soʻm tushirilib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 3,1 trln soʻmga (16%) oshdi.

Eʼtirof etish kerakki, erishilgan natijalarda prezident tashabbusi bilan boshlangan "mahallabay", “korxonabay” ishlash institutlari muhim rol oʻynamoqda.

“DSB maʼmurchiligi” (korxonabay)

2024-yil mart-iyun oylarida maʼmurchilik boʻyicha 552,5 mingta vazifalar bajarildi, Barqarorlik reytingi "BB"dan yuqori boʻlganlar soni 15,5 mingtaga (71 %) oshdi hamda 2,1 trln soʻm qoʻshimcha manba yaratildi.

Shu bilan birga, ayrim hududlar va sohalarda iyun oyi yakunlariga koʻra, “DSB maʼmurchiligi” dasturi asosida “korxonabay” ishlash tizimi samaradorlik koʻrsatkichi past boʻlganligi tanqid ostiga olindi. Masalan, Jizzaxda 54,8 ball, Qashqadaryoda 57,1 ball, Navoiyda 58,2 ball, Andijonda 58,7 ball va Sirdaryoda 59 balni tashkil etdi.

“Mahallalarda soliq organlari faoliyati” tizimi (mahallabay)

Joriy yil iyun oyida respublikaning samaradorlik koʻrsatkichi (KPI) 88,7 balni tashkil etib, 90 balldan oshgan inspeksiyalar soni 100 ta (48%)ga, xodimlar soni 1 617 nafar (37%)ga yetdi.

Shundan soʻng, xizmat vazifasini bajarish va soliq maʼmurchiligini taʼminlashda jiddiy xato va kamchiliklarga yoʻl qoʻygan xodimlar faoliyati jiddiy tanqid qilinib, tashkiliy masalalar koʻrib chiqildi.

Jumladan, berilgan ogohlantirishlar, profilaktik suhbatlar, koʻrilgan intizomiy choralardan xulosa chiqarmasdan xato va kamchiliklarga yoʻl qoʻygan hamda belgilangan samaradorlik koʻrsatkichlari past boʻlgan Qashqadaryo, Andijon, Fargʻona viloyati soliq boshqarmalari boshliqlari oʻrinbosarlari, Paxtaobod, Izboskan, Sharof Rashidov va Yangi Namangan tumani soliq inspeksiyasi boshliqlari hamda 25 nafar masʼullar bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.

Shuningdek, 150 nafarga yaqin xodimga intizomiy choralar belgilandi 15 nafar xodimning unvoni 1 pogʻonaga pasaytirildi.

Yigʻilishda hududiy soliq organlari va markaziy apparat rahbar hamda masʼulllarning hisobotlari eshitilib, III chorakda soliq tushumlarini kamida 20 foizga oshirish, qoʻshimcha manbalarni jalb etish, soliq toʻlovchilarga koʻmaklashish, yashirin iqtisodiyotni qisqartirish hamda soliqsiz tushumlarni taʼminlash boʻyicha tegishli organlar bilan hamkorlik samaradorligini yanada oshirish, korrupsiya holatlariga yoʻl qoʻymaslik va sohani raqamlashtirishni izchil davom ettirish yoʻnalishlarida aniq muddatli vazifalar belgilab olindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70816 | Инструменты