Huawei 1
Noqonuniy baliq ovi: 2 nafar fuqaro tabiatga 60 mln so‘mdan ortiq zarar yetkazdi

Sirdaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi, Boyovut tumani va Shirin shahar boʻlim inspektorlari hamda viloyat prokuraturasi xodimlari tomonidan navbatdagi nazorat tadbiri o‘tkazildi.

Reyd davomida fuqarolar S.A. va B. D. Boyovut tumani, Navbahor SIU (suv iste'molchilari uyushmasi) hududidan oqib oʻtuvchi janubiy Mirzachoʻl  kanalida noqonuniy ravishda taqiqlangan ov quroli, ya'ni elektr qarmoq yordamida baliq ovlayotganida qo‘lga olindi. 

Huquqbuzarlar jami 5 turdagi 53 dona, shundan 17 dona sazan, 30 dona karas, 4 dona jerx, 1 dona oq amur va 1 dona ilonbosh baliqlari ovlaganligi ma'lum bo‘ldi. Ushbu noqonuniy ov natijasida hayvonot dunyosiga 60 million 520 ming soʻm  zarar yetkazilgan.

Holat yuzasidan toʻplangan hujjatlar tegishli tartibda chora ko‘rish uchun viloyat prokuraturasiga yuborildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100614 | Инструменты