Huawei 1
Poytaxtda "ko'cha bezorilari" fuqaroni urib, tan jarohati yetkazishdi

Ijtimoiy tarmoqlarda bir nechta shaxslar fuqaroni urayotganligi aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. 

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB izoh berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 1-iyul kuni taxminan soat 20:25 larda Yunusobod tumani, Iftixor ko‘chasida oldindan o‘zaro tanish bo‘lgan fuqarolar 1988 y.t. N.T., 1993 y.t. S.Q., 1987 y.t. D.Q., 1995 y.t. H.Q., 1994 y.t. J.I., 1997 y.t. Sh.O.lar qarz masalasida og‘zaki janjallashgan. Fuqarolar S.Q., D.Q,, H.Q.lar jamoat tartibini buzgan holda jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimay, N.T.ni urib tan jarohati yetkazishgan. So‘ng N.T.ni o‘zlari kelgan avtomashinada uyi oldiga olib borishgan.

N.T.ga shifoxonada birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatilganidan so‘ng u uyiga ketgan.

Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi (“Bezorilik”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumon qilinuvchilar prosessual tartibda ushlangan. Tergov davom etmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100614 | Инструменты