Huawei 1
Isroilning G‘azo sektoriga hujumida HAMAS oliy rahbariyati vakili Ihob al-G‘usayn halok bo‘ldi

Isroil kuchlari 7-iyul kuni G‘azo sektorida hujum uyushtirishi oqibatida HAMAS oliy rahbariyati vakili halok bo‘lgan. Bu haqda Isroil hukumati manbalariga asoslanib, BBC nashri xabar berdi.

Isroil kuchlari yakshanba kuni maktab binosiga zarba bergan. Hujum oqibatida 4 fuqaro turli og‘ir darajadagi jarohatlar tufayli vafot etgan.

Halok bo‘lganlardan biri HAMAS idorasi rahbarlaridan Ihob al-G‘usayn bo‘lgan. Bundan uch oy muqaddam G‘azo shahri va sektor shimoliy tumanlarida HAMAS hukumati ishlarini boshqarish uchun tayinlangan bo‘lgan.

Isroil hukumati hujumga uchragan maktab binosida terrorchilar yashiringanini maʼlum qilgan. Tinch aholi orasida qurbonlar bo‘lmasligi uchun hujum oldidan barcha choralar ko‘rilgani xabar qilingan.

G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi hujumda 4 kishi halok bo‘lganini rasman tasdiqlagan. Vayronalar ostida yana jasadlar bo‘lishi mumkinligi taxmin qilingan. Chunki G‘azo shimolidagi qochqinlarning bir qismi maktab joylashgan hududda boshpana saqlab kelayotgan bo‘lgan.

Halok bo‘lgan Ihob al-G‘usayn HAMAS maʼmuriyatida mehnat vaziri o‘rinbosari, undan oldin esa Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi bo‘lgan. Uning o‘limi HAMASga harbiy zarba sifatida qaralmaydi, biroq u HAMAS maʼmuriyati rahbariyatidagi muhim shaxs hisoblangan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100614 | Инструменты